Actual

Dunyoda koronavirus. Ayni paytga kelib uchta vaksina sinovda, yana 70 tasi yaratilyapti

- Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda infeksiyaga chalinganlarning umumiy soni 2 milliondan oshdi, 129 mingdan ortiq kishi vafot etdi;

23:22 15 Aprel 2020
Dilrabo XOLBOYEVA: Oʻzbekiston uchun YEOIIga emas, JSTga aʼzolik ustuvor boʻlishi lozim

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida YEOIIdagi Oʻzbekistonning ishtirokini xalq fikri, xalq irodasiga asoslangan holda parlament belgilashi kerakligini taʼkidlagan edilar.

22:08 15 Aprel 2020
Shifoхonaga 4-marta kelib, uyiga qaytarilgan fuqaroda koronavirus aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi Sodiqjon Berdialiyev koronavirusga test topshirishda yuzaga kelayotgan kamchiliklarni maʼlum qildi.

16:51 15 Aprel 2020
Dollarning rasmiy kursi 10 000 soʻmdan oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

10:41 15 Aprel 2020
Koronavirus nimalarni oʻzgartiradi: ijtimoiy-huquqiy jihatlar

Insoniyat tarixi guvohki, dunyo boshiga tushgan har qanday ogʻir tabiiy ofat va inqirozlardan keyin jamiyatlar yana-da kuchliroq, mustahkamroq boʻlib shakllangan. Bunday qiyinchiliklardan toʻgʻri va oqilona ish tutib rivojlanishda yuksak natijalarga erishgan koʻplab davlatlarni bilamiz.

09:58 15 Aprel 2020
Andijonda oʻqituvchilar oʻz hisobidan taʼtilga chiqishga majburlanmoqdami? — XTB munosabat bildirdi

Joriy yilning 14-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda orqali Andijon shahrida “Oʻqituvchilar oʻz hisobidan taʼtilga chiqishga majburlanmoqda” mavzusida xabar tarqaldi. Valoyat xalq taʼlimi boshqarmasi shu boʻyicha munosabat bildirdi.

09:48 15 Aprel 2020
COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiyotini tiklab oladigan dastlabki 5 ta davlat qaysi boʻladi?

Yevropalik ekspertlar hozirdanoq koronavirus ofati yakunlangandan soʻng qaysi davlatlar iqtisodiy tanazzuldan birinchi boʻlib chiqib ketishini prognoz qilishni boshlab yubordilar, deb yozadi BBC.

09:01 15 Aprel 2020
Dunyoda koronavirus. Yevropa va okean ortida nima gaplar? — Soʻnggi yangiliklar

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 1,94 mln. nafardan oshdi, 123 ming bemor vafot etgan, 465 ming inson sogʻaygan.

23:14 14 Aprel 2020
Karantin qoidalarini buzishga hech kim haqli emas (Foto Video)

Yoʻl-patrul xizmati va Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan 13-aprel kuni Toshkent yoʻllarida umumiy 834 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Ulardan 394 ta yoʻl harakati qoidabuzarligi faktlari (68–tegishli hujjatlar yoʻqligi, 1–YPX xodimlarining qonuniy talablariga rioya qilmaslik, 97–boshqa yoʻl harakati qoidalarini buzish)...

23:11 14 Aprel 2020
Nega “Adolat”chilar Hukumatning javobidan qoniqmadi?

Jahon paydo boʻlibdiki, davlatlararo savdo-sotiq, iqtisodiy aloqalar rivojlanib keladi, iqtisodiy integratsiyasiz taraqqiyot yoʻq. Keyingi paytlarda mamlakatimizning ana shunday integratsiya shakllaridan biri boʻlmish Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan hamkorlik masalasi koʻp muhokama qilinmoqda. Mutaxassislar ushbu Ittifoqqa aʼzolikning Oʻzbekiston uchun ijobiy va...

20:17 14 Aprel 2020
XDP fraksiyasi pensiya tizimini isloh qilish boʻyicha yangi takliflarni ilgari surmoqda. U qishloq xoʻjaligida ishlagan fuqarolarga qanday yordam beradi?

Pensiya bilan bogʻliq tub islohotlar hech bir davlatda oson amalga oshirilmagan. Chunki bu tizimdagi muammoli masalalarni aniqlash va samarali hal etish chuqur tahlillarni taqozo etadi.

17:25 14 Aprel 2020
Propiska tizimini isloh qilish ichki migratsiyani erkinlashtiradi

Loyihalarni tayyorlashda fuqarolarning fikr-mulohazalari va ilgʻor xorijiy tajriba chuqur oʻrganilib, inson huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qoidalar va kafolatlarni belgilashga asosiy eʼtibor qaratildi. Mazkur hujjatlar loyihasining qabul qilinishi bilan endilikda fuqarolarga bir qator yengilliklar yaratish taklif etilmoqda.

16:47 14 Aprel 2020
Toshkentdagi 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi

Bu haqda AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.

13:04 14 Aprel 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan sogʻayganlar 89 nafarga yetdi

Avval Buxoro viloyatidan 4 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalganini xabar qilgan edik. Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor fidoyi va jonkuyar shifokorlar saʼy-harakati tufayli butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

12:01 14 Aprel 2020
YEXHT Oʻzbekistondagi jazoni ijro etish muassasalariga gumanitar yordam yubordi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalariga insonparvarlik yordamini koʻrsatdi. Bundan koʻzlangan maqsad IIV JIEBB tomonidan koronavirus infeksiyasini kirib kelishining oldini olishda olib borilayotgan ishlarga koʻmaklashishdir.

11:51 14 Aprel 2020
Dunyoda koronavirus. Virusni yuqtirganlar soni 2 mln.ga yaqinlashdi va boshqa yangiliklar.

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 1 920 985 nafarga yetdi, 119 686 kishi vafot etgan. Universitet bundan oldin virusni yuqtirganlar sonini 2 mln. deb xabar bergandi.

11:30 14 Aprel 2020
Dunyoda koronavirus. Nyu-Yorkda virus qurbonlari soni 10 mingdan oshib ketdi va boshqa yangiliklar

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 1,87 mln. nafardan oshdi, 116 ming kishi vafot etgan, 441 ming inson sogʻaygan.

23:33 13 Aprel 2020
Sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar berish masalasi hozirgi karantin davrida qanday qilib yuragiga sigʻdi? — OʻzLiDeP “Milliy tiklanish”ga javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov bildirgan takliflar, afsuski, ancha oldin amalga kiritilgan, faqat sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar berish masalasi hozirgi karantin davrida qanday qilib yuragiga siqqanligiga albatta taajubdaman.

23:11 13 Aprel 2020
Chirchiqda koronavirus yuqtirganlikda gumon qilinayotgan 18 yoshli ayol farzandli boʻldi

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi maxsus karantin zonasida boʻlib turgan ayol farzandli boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

19:07 13 Aprel 2020
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi OʻzLiDePning tomorqachilik boʻyicha taklifini nega qoʻllab-quvvatlamadi? — Fraksiya rahbari javob berdi

OʻzLiDeP tomonidan Mamuriy javobgarlik kodeksining 65-moddasiga birinchi qoʻshimcha sifatida Tomorqa yer uchastkasidan oqilona foydalanmaganlik uchun jarima belgilash taklif qilinmoqda.

17:15 13 Aprel 2020