Dollarning rasmiy kursi 10 000 soʻmdan oshdi

10:41 15 Aprel 2020 Jamiyat
1253 0

arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 16-apreldan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 121 soʻmni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 427 soʻm 64 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 11 111 soʻm 85 tiyinga baholanib, 512,16 soʻmga qimmatlashdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 7 soʻm 26 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 138 soʻm 69 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?