Actual

“Tirnoq ostidan kir qidirish“ yoki oʻzbek paxtasiga qoʻyilgan cheklov haqida

“Bu “tirnoq ostidan kir qidirish“dan boshqa narsa emas. Dalalarda ishlayotgan mavsumiy ishchilar oʻziga yarasha pul topishadi. Bu odatiy hol. Rossiyada ham meva terish mavsumida juda koʻp ishchilar yollanadi. Xalqaro assotsiatsiyaning oʻzi vaziyatni boʻrttirib koʻrsatishdan manfaatdor“, — dedi Xolod. — Oʻzbekistonning...

11:06 22 Aprel 2020
Shaxsni qamoqda saqlab turish muddati ish sudga oʻtkazilganda tugasa-da, nega shaxs ozod etilmayapti?

Jinoyat-protsessual kodeksning 315-moddasiga asosan qamoqda saqlash uchun koʻrsatilgan muddat oʻtgach, shaxs darhol qamoqdan ozod etilishi lozim.

01:48 22 Aprel 2020
Toshkent shahri va viloyatidagi davlat tashkilotlarida 5 yil uzluksiz ishlagan xodimlarga propiska beriladi

Bundan buyon Toshkent shahri va viloyatidagi davlat tashkilotlarida 5 yil uzluksiz ishlagan mutaxassislar mazkur hududlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni imzolagan farmonda shunday belgilangan.

23:39 21 Aprel 2020
Dunyoda koronavirus. Indinga vaksina sinovi boshlanadi va boshqa yangiliklar

— COVID-19dan vaksinani sinash payshanba kuni Oksfordda boshlanadi.

22:27 21 Aprel 2020
Bugungi pandemiya paytida Oʻzbekistonning tashqi qarzi tashvishlanarlimi?

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda baʼzi ekspert va mutaxassislar tomonidan mamlakatimiz tashqi qarzi ortib borayotganligiga doir eʼtirozli qarashlarni kuzatish mumkin.

18:24 21 Aprel 2020
Adliya vazirligi: regulation.gov.uz portaliga davlat tilida matni boʻlmagan loyihalar avtomatik ravishda oʻchiriladi

Davlat organlari loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) mustaqil ravishda oʻzlari joylashtirishadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi.

18:10 21 Aprel 2020
Andijonda yana 8 nafar bemor butkul sogʻaydi

Andijon shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 8 nafar bemor butkul sogʻayib, reabilitatsiya uchun kuzatildi. Sogʻayganlardan 4 nafar erkak, 4 nafari ayol kishi. Ularning 1 nafari talaba, 2 nafari nafaqada, 1 nafari kichik tibbiyot xodimi, 2 nafari...

16:33 21 Aprel 2020
Dunyoda koronavirus. Eronda shaxsiy mashinada yurishga ruxsat berildi. Boshqa yangiliklar 

— Eron koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlamoqda. Koʻpchilik doʻkonlar, bozorlar, korxonalar ishlamoqda, shaxsiy avtomobilda shaharlararo harakatlanishga ruxsat berildi.

12:50 21 Aprel 2020
Pensiyalarni naqd pulda olish borasida hech qanday cheklovlar kiritilmagan. Biroq...

Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda pensiya toʻlovlarini plastik kartalarga oʻtkazish orqali toʻlash masalasi keng muhokama qilinmoqda. Shu oʻrinda buning asl mohiyatni toʻgʻri anglash maqsadga muvofiqdir.

11:57 21 Aprel 2020
Samarqand viloyat xalq taʼlimi tizimida 6 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar talon-toroj qilingani aniqlandi

Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining bergan maʼlumotiga koʻra, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tizimida byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi oʻrganilganda 6 milliard 174,2 million soʻmlik ish haqi mablagʻlari oʻzlashtirilgani aniqlandi. Shuningdek, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi natijasida 4 milliard 259,6 million...

11:31 21 Aprel 2020
Sudya bahsga aralashdi: Transport vositalarini ushlab turish asoslari va tartibi qanday?

Soʻnggi kunlarda keng jamoatchilik tomonidan mamlakatimizda joriy etilgan karantin holatida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarning transport vositalarini ushlab turilishi, karantin holati rasman bekor qilinguniga qadar jarima maydonlarida saqlanishi qonuniyligi yuzasidan qizgʻin...

10:21 21 Aprel 2020
Dunyoda koronavirus. Italiyada virusning faol tashuvchilari soni kamaydi va boshqa yangiliklar

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 2,43 mln. nafardan oshdi, 639 mingdan ortiq bemor tuzaldi, 167 ming nafardan ziyodi vafot etgan.

23:51 20 Aprel 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari nega past? —Xitoylik tibbiyot ekspertlari izoh berdi

Koronavirusga qarshi kurashishda koʻmak berish uchun yurtimizga tashrif buyurgan xitoylik tibbiyot mutaxassislari Fargʻona viloyatida boʻlib, bemorlarni davolashda oʻzlarining amaliy maslahatlarini berdi. 

21:40 20 Aprel 2020
Plastiklar koʻpayishi firibgarlarni faollashtirishi mumkin — “Oʻzkomnazorat” fuqarolarni ogohlantirdi

“Oʻzkomnazorat” naqdsiz shakldagi toʻlovlar hajmining oshgani tufayli axborot sohasida firibgarlarning faollashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

19:41 20 Aprel 2020
Maqsad —oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va xalq farovonligini oshirish

Ayni damda qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini yana-da rivojlantirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan birlamchi talabini qondirish va ichki bozorda narx-navo barqarorligini taʼminlash dolzarb masalaga aylandi. Shu bois mamlakatimizda ichki talabni toʻliq taʼminlash bilan birga eksportni oshirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solish bugun...

17:20 20 Aprel 2020
38 davlat bilan xalqaro pochtalar joʻnatish tiklandi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ 2020 yil 20 apreldan boshlab xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklandi.

16:30 20 Aprel 2020
Karantin paytida mIB xodimlari telefon qilib, avtomashinam boʻyicha maʼmuriy jarimani 15 kun ichida toʻlashim kerakligini tushuntirishdi. Bu toʻgʻrimi? — MIB vakili javob qaytardi

Savol: MIB xodimlari telefon qilib, avtomashinam boʻyicha maʼmuriy jarimani 15 kun ichida toʻlashim kerakligini tushuntirishdi. Karantin vaqtida bu toʻgʻrimi?

16:09 20 Aprel 2020
Karantin davrida harbiy xizmatni oʻtab boʻlganlarni uyga qaytishiga ruxsat beriladimi?

Javob: Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlganlarni rezervga boʻshatish ishlari rejaga asosan amalga oshirilmoqda. Ular ortiqcha muddat harbiy xizmatda qoldirilmaydi.

13:40 20 Aprel 2020
Andijonda un taqchilligiga barham berilmoqda

Andijon viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-aprel kungi yigʻilish bayonidan kelib chiqib, davlat resurslaridan ajratiladigan un hajmlarini vaqtinchalik tartib asosida chakana savdo, qolipli non ishlab chiqaruvchi, ijtimoiy soha muassasalari, qayta ishlovchi va makaron ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar...

13:14 20 Aprel 2020
Agar ish masofaviyga oʻzgartilsa, mehnat shartnomasida oʻzgarish boʻladimi yoki oylik toʻlovida oʻzgarish boʻladimi? — inspektor javobi

Javob: Karantin davrida ish beruvchilar xodimlarning roziligi bilan mehnat shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilib, xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga oʻtkazishlari mumkin.

13:03 20 Aprel 2020