Actual

Senator saʼy-harakati bilan mahallaga ichimlik suvi keldi

Jumladan, Toshkent viloyati Qibray tumani “Guliston” mahallasida istiqomat qiluvchi R.Sobirov va bir guruh nuroniy otaxonlar va faollar hududdagi ikki yildan buyon toza ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan Senat aʼzosi Malika Kadirxanovaga murojaat qildi.

19:18 07 Sentyabr 2020
Oʻqituvchilarni majburiy mehnatdan xalos qilganmiz, deb quvonib yurganimizda majburiylikning boshqacha koʻrinishiga oʻtilyaptimi? —deputat

Bir necha kundan buyon oʻqituvchilarning maktablarga dezinfeksiya va antiseptik vositalar olish yoki bunga homiylar topish masalasi ularga majburiy yuklatilayotgani haqida murojaatlar boʻlmoqda. Bunday ishlar deyarli barcha viloyatlarda boʻlmoqda ekan.

11:15 07 Sentyabr 2020
Navbatdagi chora-tadbirlar: Endi sudlarga berilgan daʼvolarni koʻrib chiqish jarayonini onlayn kuzatish mumkin boʻladi

Oʻtgan davr mobaynida sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni...

18:45 06 Sentyabr 2020
Ozodlik yoʻlidagi kurash yoshlar uchun ibrat maktabi

Mustabid tuzum davrida minglab begunoh vatandoshlarimizning umri xazon boʻlgan. 1937 — 1953-yillarda Oʻzbekistonda 100 ming odam qatagʻonga uchragan. Ularning 13 ming nafari shafqatsiz otib tashlangan. Qanchadan-qancha oilalar xonavayron boʻlib, bolalar yetim qolgan. Birgina 1937-38 yillardagi katta qatagʻon davrida 7 mingga...

18:29 05 Sentyabr 2020
Senat Raisi: “Sardoba” suv omborida yuz bergan halokat butun xalqimizni tashvishga soldi

– Albatta, islohotlar oʻz-oʻzidan boʻlayotgani yoʻq, ulkan yutuqlarga osonlik bilan erishilmayapti, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Ayniqsa, bu yil ogʻir keldi. Butun jahonda kuzatilgani kabi mamlakatimizda ham pandemiya va uning ortidan kelgan global iqtisodiy inqiroz tashvishlarga sabab boʻldi.

16:55 05 Sentyabr 2020
Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilganda Oʻzbekiston aholisining 20 foizini emlash uchun vaksina olinadi

Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina boʻyicha qanday ishlar olib borilmoqda? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova javob berdi.

12:12 04 Sentyabr 2020
Yangi qoʻmita: Pillachilik va qorakoʻlchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi

Qorakoʻl qoʻylaridan olinadigan teri qadimdan juda qadrlangan. Ayniqsa, Buxoro qorakoʻl terisi ipaksimon, yaltiroq va jozibadorligi, oʻzining yarim doira qalamgul, qovurgʻasimon, yassisimon gul tiplari bilan mashhur boʻlgan. Zero, qorakoʻl terisi farmatsevtika va pishloq sanoati uchun shirdon, yengil sanoat uchun jun va...

10:49 04 Sentyabr 2020
Dronlar, sputniklar, kosmik suratlar, fazoviy maʼlumotlar — yangi qonun loyihasi nimasi bilan ahamiyatli?

Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamlashtirish va innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda geografik axborot tizimlari va mobil ilovalar shakllantirilmoqda hamda ular yordamida aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatilmoqda. Xususan, navigatsiya xaritalari, geoportallar, internet veb-servislarning maʼlumotlar...

19:39 03 Sentyabr 2020
R.Kusherbayev: Mulkka doir qancha qonun qabul qilmaylik, unga masʼullar ham amal qilmasa bari befoyda

Bir jihatdan olganda koʻp vaqtdan beri odamlarda jiddiy eʼtirozlar paydo qilib kelayotgan yer uchastkasi va koʻchmas mulklarni hokimlar tomonidan buzib tashlanishi yoki olib qoʻyilishiga chek qoʻyish, oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻymaslik masalasida yangi yechimdek tasavvur paydo qilayotgan ushbu qonun loyihasi amalda vaziyatni...

17:57 03 Sentyabr 2020
Bugungi davr kishilarni nafs qullariga aylantirish uchun bor nayranglarini ishga solayotgan davr sifatida tarixda qoladi — A.Qodirov

Shuni qayd etish joizki, bugungi davr kishilarni nafs qullariga aylantirish uchun bor nayranglarini ishga solayotgan davr sifatida tarixda qoladi. Bunga shubha yoʻq. Chunki insonni fikrlamaslik, oʻz qadriyatlarini qadrlamaslik hamda vatan tuygʻusidan voz kechishga undash, maʼnaviyat, mustaqillik, ozodlik singari soʻzlar qadrini...

14:37 03 Sentyabr 2020
Mustaqillikka 29 yil: Parlament xalqaro aloqalari rivojining yangi bosqichi

Oʻzbekiston Respublikasining istiqlolga erishgan sanasining 29 yilligini nishonlar ekanmiz, mustaqil mamlakatimiz parlamentarizmi rivojida yuz berayotgan barcha oʻzgarishlar koʻz oʻngimizda namoyon boʻlmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil boshida Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida hayotimizning barcha yoʻnalishlarda keng qamrovli xalqaro hamkorlikni yana-da rivojlantirib borish,...

10:25 02 Sentyabr 2020
5-sentyabrdan keyin ham qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinmoqda?

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagi karantin cheklovlari 2020-yil 5-sentyabrdan keyin ham saqlab qolinmoqda:

18:09 01 Sentyabr 2020
Mustaqillikning 29 yilligi: Uchinchi Renessans davri poydevori

Kecha Doʻrmondagi Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutq soʻzlab, Oʻzbekiston xalqini ulugʻ va buyuk bayramimiz bilan qutladi va bizning insoniy qadr-qimmatimizni, gʻurur va shaʼnimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlatchiligimizni...

13:12 01 Sentyabr 2020
“Seni eslaymiz, unutmaymiz, kitob” yoki bolaga kitob berish esdan chiqyaptimi?

Norvegiyaning kichik shaharchalaridan birida kitobga haykal oʻrnatilibdi. Ajabo! Haykalga “seni eslaymiz, unutmaymiz, kitob” deb yozilgan. Bu goʻyoki xotirlashga oʻxshaydi. Ular-ku kitobga boʻlgan munosabatini shu tariqa bildirdi, biz nima qildik? Yosh boladay hali ham kitobmi, telefon deb tortishib yuribmiz. Vaholonki, bolaga...

16:39 31 Avgust 2020
Mustaqillikka 29 yil: Ijtimoiy himoya davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi

Joriy yilda esa Qonunchilik palatasi tomonidan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilinib, Senatga yuborildi. Parlamentimiz tomonidan 10 dan ortiq xalqaro shartnoma, xususan Xalqaro mehnat tashkilotining 4 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.

15:56 31 Avgust 2020
“Temir daftar”ni yuritishda noxolisliklar bor...(mi?)

"Shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, sessiya ishi boshlangunga qadar “temir daftar”dan oʻz rozilik xati orqali chiqarilayotgan bir necha oilalarda boʻldim va ular bilan suhbatlashdim. Suhbat davomida ayrim oilalar “temir daftar”dan doimiy daromad manbaiga ega boʻlmasa-da, chiqarib yuborilayotgani, ayrim holatlarda bu daftarga ulardan-da...

13:24 31 Avgust 2020
Makonimiz — Oʻzbekiston, zamonimiz – mustaqillik

Bu yorugʻ olamda gʻoyat buyuk tushunchalar, muqaddas milliy va umuminsoniy qadriyatlar benihoya bisyor. Biroq ular orasida uch ulugʻ tushuncha – Xalq, Vatan, Davlat tushunchalari alohida ahamiyatga molik. Ularni bir-biridan ayro holatda tasavvur qilish nihoyatda mushkul. Xalq boʻlmasa Vatan va davlat...

13:36 29 Avgust 2020
Daniel Rozenblyum: AQSH – Oʻzbekiston aloqalari hech qachon bugungidek mustahkam boʻlmagan

– Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar hech qachon bugungidek mustahkam boʻlmagan. Amerika Qoʻshma Shtatlari 29 yil oldin Oʻzbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan biri hisoblanadi. Bizning respublika mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga boʻlgan sadoqatimiz doimo oʻzgarmasdir.

11:47 29 Avgust 2020
2020 — millatni ulgʻaytirgan yil

Dunyoning pastu balandini bilgan odamlar yilning kelishiga qarab undan nima kutishini ayta oladi. Ammo 2020-yil hammani shoshirdi. U yurtdoshlarimiz uchun ham, jahon ahli uchun ham ogʻir keldi. Men ham uzoq yillar siyosatning ichida yurgan, bu hayotda yaxshi-yomonni, oqu qorani yetarlicha...

11:15 29 Avgust 2020
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda Yoshlar parlamentining oʻrni muhokama qilindi

2020-yil 26-avgust kuni Oliy Majlis Senati huzurida tashkil etilgan Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirokida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda Yoshlar parlamentining oʻrni va istiqboldagi dolzarb vazifalar” mavzusida onlayn davra suhbati boʻlib oʻtdi.

13:18 28 Avgust 2020