Buzoqning yugurgani somonxonagacha

Kreditni o‘z vaqtida undirish bugun tijorat banklarini tashvishlantirayotgan dolzarb masalalardan biri. Boisi, “Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim” feʼl-atvoridagi ayrim kishilarning bildirilgan ishonchni suiisteʼmol etishi, kreditni o‘z vaqtida qaytarish majburiyatiga beparvo yondashuvi kredit beruvchi moliyaviy tashkilotlarni tang ahvolga ro‘baro‘ qilmoqda. Va, tabiiyki, qonuniy tartibda sud organlariga murojaat qilishga to‘g‘ri kelmoqda.
Buxoro tumanidagi “A.B.SAXOVATI” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Xalq banki”dan jami 100.470 AQSH dollari miqdoridagi kredit olib, “HOWO” rusumli avtotransport vositasini garovga qo‘ygandi.
Qarzdor olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarmadi. Kredit shartnomasi bo‘yicha belgilangan majburiyatini bajarmadi. Shu sababli FIB Buxoro tumanlararo sudining tegishli ijro varaqasiga asosan qarzdor “A.B.SAXOVATI” MCHJ tomonidan AT “Xalq banki” foydasiga jami 100.470 AQSH dollari miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan “HOWO” avtotransport vositasiga qaratish belgilandi.
-Ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Buxoro tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi,- deydi MIB tuman bo‘limi boshlig‘i Sanjar Sharopov. - Shunda qarzdor tomon qing‘ir yo‘lga o‘tgani maʼlum bo‘ldi. Garovga qo‘yilgan avtomashina qasddan yashirilgani aniqlandi. Avtomashinaga qidiruv eʼlon qilindi. Buzoqning yugurgani somonxonagacha, deyishadi. Avtomashina ham topildi, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Oxir-qibat 100.470 AQSH dollari miqdoridagi qarzdorlik bankka qoplab berildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring