Buyuk musavvirning asarlari Oʻzbekistonga qaytariladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq joriy yil 14-16-oktyabr kunlari yurtimizda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 565-yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda Badiiy akademiya matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan Kamoliddin Behzod tavalludining 565-yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaning 26-iyunda “Xorijda saqlanayotgan Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini yurtimizga qaytarish boʻyicha 2020-2022-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
“Yoʻl xaritasi”da:
— Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari asarlariga oid adabiyot va manbalarni aniqlash;
— Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning xorijda saqlanayotgan namunalari roʻyxatini shakllantirish;
— Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari asarlari saqlanayotgan xorijiy muzey va kutubxonalar bilan muzokaralar olib borish;
— Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub xorijdagi asarlarning asl yoki koʻchirma nusxasini olib kelish singari vazifalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.
“Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan vazifalar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi hamda manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring