“Buyuk Ipak yoʻli” boʻylab velotur amalga oshiriladi

22:07 22 Iyun 2021 Sport
1128 0

Taniqli niderlandiyalik sanʼat va madaniyat arbobi Burxoniddin Charlak Oʻzbekiston, Tojikiston va Afgʻoniston hududidan oʻtuvchi velotur marshruti loyihasini ishlab chiqdi.

“Dunyo” axborot agentligi xabar berishicha, «Rumiy izi» deb nomlangan veloturning umumiy uzunligi 1,433 km masofani tashkil etadi va u Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini kesib oʻtadi.

Oʻzbekiston hududi orqali taklif etilayotgan marshrut natijasida mamlakatimizning qadimiy Ipak yoʻlida joylashgan shaharlari velotur ishtirokchilarida katta taassurot qoldiradi.

«Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yorqin davlatlardan biridir, – deb yozadi Burxoniddin Charlak. – Albatta, koʻp odamlar Buyuk ipak yoʻli haqida eshitgan. Lekin Ipak yoʻlida hali koʻpchilikka nomaʼlum ajoyib, goʻzal shaharlar bor. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlardagi minora va masjidlarning goʻzalligi sizni maftun qiladi. «Rumiy izi» velosafari davomida siz jahon madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlasiz».

Velotur ishtirokchilari noyob sovgʻalar xarid qilish, samimiy va mehmondoʻst savdogarlar bilan muloqot qilish, qolaversa, poytaxt Toshkentda zamonaviy megapolisning meʼmorchilik durdonalari, goʻzal binolari va metro bekatlaridan biri bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

Qayd etish joizki, bu kabi amaliy saʼy-harakatlar yurtimizning dunyo sahnidagi madaniy, tarixiy ahamiyatini oshirib, sayyohlik salohiyatini yuksaltirishga ham hissa qoʻshadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?