Buyuk Britaniyada muzeyni qutqarish uchun qirolicha Viktoriyaning buyumlari sotuvga qoʻyildi

02:47 05 May 2021 Dunyo
474 0

Buyuk Britaniyadagi tarix muzeyi koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan moliyaviy muammolarni yengish uchun oʻziga xos qadam tashladi. Muassasa 442 buyumni, shu jumladan qirolicha Viktoriya shaxsiy buyumlarini kim oshdi savdosiga qoʻygan.

Muzey asoschisi va kolleksioneri Viktor Vind qirolichaning ichki kiyimlari madaniy muassasadagi eng qimmat narsadan yiroq ekanligiga ishontirdi. Uning narxi besh-yetti ming funtgacha sotilishi kutilmoqda.

Toʻplamning eng qimmat eksponati — yoʻq boʻlib ketgan dodo qushining suyagi. U, birinchi navbatda, odamlarning atrof-muhitga qanday zarar yetkazishi mumkinligini anglatadi.

“Bu dahshatli, yurakka ogʻir botadi. Men hech qachon bu qadar katta boyliklarimni sotishni oʻylamagan edim, ammo bizda omon qolishning boshqa chorasi yoʻq”, degan Vind.

Kim oshdi savdosi 6-may kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Qirolicha Viktoriyaning shaxsiy buyumlari oʻtgan yil ham kim oshdi savdosiga qoʻyilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?