Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat armiyasidagi jiddiy muammolar haqida maʼlum qildi

10:33 23 Iyul 2024 Dunyo
344 0

Foto: Flickr / Royal Navy Media Archive

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakat qurolli kuchlari qator jiddiy muammolarga duch kelayotganini aytdi.

Shu oʻrinda u quruqlik, dengiz va havo kuchlari qiyinchiliklarga duch kelayotganini alohida taʼkidladi.

Vazirning aytishicha, hozir armiyada kuchning kamayishi, behuda xaridlar, past maʼnaviyat, ishga olish va ushlab turish inqirozi hamda faxriylar oʻzlari munosib xizmatlardan foydalana olmasligi kabi muammolar mavjud.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yangi leyboristlar hukumati hokimiyatga kelganidan soʻng, bu muammolar partiya ilgari oʻylagandan koʻra jiddiyroq ekanligi sezilib qoldi.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va London mamlakat mudofaa qobiliyatini kredit bilan taʼminlash boʻyicha kelishuv imzolaganini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina bu mablagʻdan havo hujumidan mudofaa tizimlari, radar va qurol-yarogʻ tizimlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Kiyev texnologiya olish va Gʻarb uslubidagi harbiy texnika uchun ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni qisman ishlab chiqarishni oʻzlashtirish niyatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер