Buyuk Britaniya Gʻazoga havodan gumanitar yordam yuboradi

16:02 27 Iyul 2025 Dunyo
196 0

Buyuk Britaniya Gʻazo sektoriga gumanitar yordam yetkazish va bolalarni evakuatsiya qilish boʻyicha xalqaro dasturlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan telefon orqali suhbatda maʼlum qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, uch yetakchi Gʻazodagi vaziyatni muhokama qilgan va u yerdagi vaziyatni dahshatli deb baholagan. Ular zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish, Isroil tomonidan gumanitar yordam yetkazilishiga qoʻyilgan barcha cheklovlarni bekor qilish hamda sektordagi jabrlangan aholiga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni taʼminlash zarurligini alohida taʼkidlagan.

Bosh vazir, shuningdek, Buyuk Britaniya Iordaniya bilan birga hududga havodan gumanitar yordam tashlash va tibbiy yordamga muhtoj bolalarni evakuatsiya qilish ustida ishlanayotgani haqida soʻzlab bergan. Biroq rejaning tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.

Bundan tashqari, suhbat chogʻida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilib, Rossiyani sulh muzokaralariga jalb qilish maqsadida unga bosimni davom ettirishga kelishib olingan.

Muhokamalar davomida Starmer, Makron va Mers Eronning yadroviy dasturi masalasini ham koʻrib chiqqan. Ularning umumiy fikrga koʻra, agar Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlik qilmasa va diplomatik muzokaralarga qaytmasa, avgust oyi oxiriga borib mamlakatga nisbatan sanksiyalar tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер