“Bunyodkor” stadionidagi 2 bahs terma jamoa oʻyini sabab boshqa joyga koʻchirildi

Shu yilning 5-sentyabr sanasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida KXDR termasini qabul qiladi.
Bellashuvga “Bunyodkor” arenasi mezbonlik qiladi.
“Xabaringiz bor, yozning chillasidan chiqish “Bunyodkor” uchun ogʻir kechdi. Ayni vaqtda stadion parvarishi uchun masʼul tashkilotlar sentyabr oyiga qadar vaziyatni oʻnglash ustida ishlamoqda. Atrofi tribunalar bilan toʻliq oʻralgan stadionlar maysasi avgust oyining soʻnggi 10 kunligiga kelibgina oʻzini tiklashni boshlaydi. Bir yil muqaddam “Bobur” arena foydalanishga topshirilayotgan vaqtda ham shunday muammo kuzatilgan, vaziyat sentyabrga kelib oʻnglangandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining mundialga yoʻllanma olishi uchun barcha ish amalga oshirib kelinmoqda. Bunda kuz oyidagi rasmiy oʻyinlar davomida stadionning holati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olgan holda Assosiatsiya, Liga va Superliga klublari oʻzaro kelishgan holda 17-turning “Bunyodkor” arenada oʻtishi kerak boʻlgan ikki uchrashuvini istisno tariqasida “Doʻstlik” stadioniga koʻchirishga qaror qildi. Endilikda OʻzFHM mazkur arenada VAR texnikasi ishlashi yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirishga kirishadi.
Shu tariqa “Lokomotiv” — “Qizilqum” bellashuvi 24-avgust kuni, “Bunyodkor” — “OKMK” uchrashuvi esa 27-avgust kuni “Doʻstlik” stadionida oʻtadigan boʻldi. Liga “Sport” telekanali bilan mazkur oʻzgarish yuzasidan kelishuvni amalga oshirgach, uchrashuvlar vaqti masalasida bir toʻxtamga keladi”, deyiladi PFL matbuoti xizmati bergan xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring