Bundan buyon, aholi imtiyozli yoʻllanma bilan nafaqat davlat shifoxonalariga, balki oʻzi tanlagan xususiy klinikalarga ham bemalol borishi mumkin boʻladi — Prezident
Foto: president.uz
Prezident: «Ochiq aytish kerak, koʻplab xususiy klinikalardagi sharoit, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati davlat shifoxonalaridan ancha oldinga oʻtib ketgan. Bundan, faqat xursand boʻlishimiz kerak.
Bugungi kunda minglab ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarimiz davlat shifoxonalarida bepul ixtisoslashgan tibbiy xizmat olish uchun navbat kutmoqda.
Bundan buyon, aholi imtiyozli yoʻllanma bilan nafaqat davlat shifoxonalariga, balki oʻzi tanlagan xususiy klinikalarga ham bemalol borishi mumkin boʻladi. Davolanish uchun ajratilgan mablagʻ esa bemorning ortidan boradi.
Takror aytaman – biz uchun tibbiyot maskanining mulk shakli muhim emas. Eng asosiy maqsadimiz – odamlarimizning sogʻligʻini asrash, ularning dardiga darmon boʻlishdan iborat».
Mamlakatimizda eng zarur boʻlgan dori-darmon vositalari narxini kamida 30 foizga arzonlashtirish boʻyicha barcha choralar koʻriladi.
Buning uchun, kelgusi besh yilda dori-darmon va tibbiyot vositalari ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, mahalliy dori vositalari bilan taʼminlash darajasi 80 foizga yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring