Bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi! – Prezident
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida kelgusi yillar uchun katta marralar belgilab olingan. Xususan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qoʻyilgan.
Dastlab bunga ayrimlar shubha yoki ikkilanish bilan qaragan, lekin oʻz vaqtida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilgani, barcha imkoniyatlar ishga solingani tufayli bu yilning oʻzida yalpi ichki mahsulot hajmi 110 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Yangi Hukumat, barcha rahbarlar birgalikda qattiq ishlab, islohotlar shiddatini pasaytirmasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotimizdagi oʻzgarishlarni jadal davom ettirsa, 2030-yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 milliard dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirildi.
Bu natijani taʼminlash orqali aholining turmush darajasi va sifatini keskin yaxshilashga erishiladi.
“Yana bir bor aytaman, bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!”, dedi Prezident.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Avvalo, makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy oʻsish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarur. Bunda inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, byudjet taqchilligi 3 foiz doirasida boʻlishiga erishish, yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa boʻladi.
Ushbu davrda Hukumat kamida 100 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishga hamda yillik eksport hajmini 45 milliard dollarga olib chiqib, unda tayyor mahsulotlar ulushini 50 foizga yetkazishga erishishi lozimligi taʼkidlandi.
Xorijiy turistlar oqimini 5-yilda 15 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish uchun barcha imkoniyatlar borligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada ragʻbatlantirib, onlayn toʻlovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa boʻladi.
Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik doirasida asosiy chora-tadbirlar amalga oshirilgani va yaqin yillarda ushbu tashkilotga albatta aʼzo boʻlib kirishimiz taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring