Buloqboshida suv emas, gaz bulogʻi moʻl ekan
Illyustrativ foto
“Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Buloqboshi tumanining nomiga qarab “Bu yerda buloq koʻp boʻlsa kerak”, deguvchilar yanglishadi. Hudud aslida suv bulogʻining emas, “gaz bulogʻi”ning koni, deyish mumkin.
Gap shundaki, “Qoʻqon parmalash ishlari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarining tumanda olib borgan izlanishlari natijasida 1150 metr chuqurlikda tabiiy gaz koni aniqlandi. Undan chiqayotgan gaz miqdori kuniga 100 atmosfera bosimi ostida 205 ming kubometrni tashkil etadi. Bu soʻnggi ikki yil davomida olib borilgan izlanishlar tufayli Buloqboshida “koʻz ochgan” uchinchi gaz konidir.
2017 yilning noyabr oyida Uchtepa qishlogʻida 1080 metr chuqurlikda ilk gaz koni topilgan edi. Undan 100 atmosfera bosimida soatiga 2300 — 2400 kubometr gaz oqimi chiqmoqda. 2018 yilda yana bir gaz koni topildi. Bu yerdan qazib olinayotgan gaz isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.
Yangi gaz koni Buloqboshi tumanidagi soʻnggi kon emasligiga shubha yoʻq. Olib borilayotgan harakatlar natijasida kelgusida bu fikr oʻz isbotini topishi aniq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring