Bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlarga chora koʻrildi

11:55 23 Iyun 2025 Jamiyat
107 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi bir qancha blogerlar qimor xizmatlarini targʻib qilganliklari uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, qoʻmita tomonidan axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklama materiallarining amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi boʻyicha tizimli oʻrganish va tahlillar olib borilmoqda.

Oʻrganishlar natijasida bir necha yuz minglab kuzatuvchilarga ega boʻlgan ayrim blogerlar oʻzlariga tegishli sahifalarda noqonuniy tarzda qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, xususan, bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgani aniqlandi.

Xususan, Shodiyev Jasurbek Gʻulomjon oʻgʻli, Normamatov Dadabek Bahrom oʻgʻli, Rahmatov Sherxon Lutfullo oʻgʻli, Hasanboyev Xojiakbar Zulxaydar oʻgʻli “Melbet” bukmekerlik kompaniyasining tovar belgisini ishlatgani, shuningdek, qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi sahna koʻrinishlari asosida tayyorlangan videoroliklarni oʻz sahifalariga joylashtirganlari maʼlum boʻlgan.

Raqobat qoʻmitasi mazkur holatlar yuzasidan belgilangan tartibda ushbu blogerlarni maʼmuriy javobgarlikka tortdi hamda ularning faoliyatiga oid hujjatlarni sud organlariga yubordi.

“Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida«gi Qonuniga koʻra, mamlakat hududida qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер