Buxorolik otaxonlar Toshkentgacha 600 km masofani piyoda bosib oʻtishdi

05:15 19 Aprel 2022 Sport
895 0

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida, qolaversa yoshlarga oʻrnak boʻlgan holda Buxoro viloyati Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi ikki nuroniy Xojiyev Ahmad va Xojiyev Gʻulomlar 600 km masofani bosib oʻtishni reja qilishgani haqida xabar berilgan edi.

2022-yilning 1-aprel kuni Buxoro viloyati Vobkent tumani markazida joylashgan minor oldidan yoʻlga chiqqan otaxonlar 600 km masofani piyoda bosib oʻtishdi.

18-aprel kuni otaxonlar belgilangan marrani ortda qoldirgan holda Toshkent shahriga yetib kelishdi. Ular poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida Toshkent shahar Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tantanali kutib olindi.

Bugungi kunda yoshlarimizga sport sohasida oʻrnak boʻlib kelishayotgan nuroniy otaxonlarimiz bunday eʼtibordan mamnun boʻlishgan holda kelgusida yangidan-yangi marralarni zabt etishga harakat qilishlarini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?