Buxorodagi xonadonda gaz portladi
![](https://xs.uz/upload/post/2025/02/13/bc7ecc17ecde4b7e18ab96ebe94d93f20213.jpg)
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi xonadonda gaz portlagani aks etgan video tarqaldi. Viloyat FVB hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Kecha, 12-fevral kuni soat 22:40 larda Buxoro viloyati IIBdan olingan xabarga koʻra, shu kuni taxminan soat 22:00 larda Gʻijduvon tumani “Guliston” MFYdagi aholi xonadonida chaqnash sodir boʻlgan.
Voqea joyiga viloyat FVB va Gʻijduvon tuman IIB masʼul rahbarlari hamda 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Voqeaning taxminiy sababi: fuqaroning yashash uyida gaz sizib chiqib toʻplanishi hamda chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi.
Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa oqibatida yongʻin yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring