Buxoroda yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, beton panjaraga borib urildi

11:07 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
830 0

21-oktabr kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea soat 12:00 atrofida Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomagistralida sodir boʻlgan. 1979-yilda tugʻilgan haydovchi DAF rusumli yuk mashinasini boshqarayotganida, boshqaruvni yoʻqotib qoʻygan. Yoʻlning oʻrtasida beton toʻsiqqa borib urilgan.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Avtomobil shikastlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?