Buxoroda MIB xodimiga qarshilik koʻrsatgan fuqaro javobgarlikka tortildi

21:41 06 Avgust 2021 Jamiyat
585 0

MIB Gʻijduvon tumani boʻlimi davlat ijrochisi Ya. Holiqov va U. Ergashevlar qarzdor “Trans Atlas” MCHJdan 28 million 409 ming soʻm soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi Gʻijduvon tuman Davlat soliq inspeksiyasining ijro hujjati yuzasidan 2021-yil 10-martda chiqarilgan qaror bilan tanishtirish, shuningdek qarorga asosan qarzdorning mol-mulklarini koʻzdan kechirib, xatlash ijro harakatlarini oʻtkazish maqsadida MCHJ rahbari S.Aslonovning yashash manziliga borishganida qarzdor oʻzini nosamimiy tutib, davlat ijrochisi Ya.Holiqovni nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudining hukmiga koʻra S. Aslonov Oʻzbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 3 (uch) yil muddatga axloq tuzatish ishlarri jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?