Buxoroda kurash boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻtkaziladi
Shu yil 16-18-dekabr kunlari koʻhna va hamisha navqiron Buxoro shahridagi “Humo” sport arenasida kurash boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilayotgan ushbu musobaqada 2000-2002-yillarda tugʻilgan yoshlar gʻoliblik uchun oʻzaro bellashadi.
Musobaqada yoshlar -50 kg, -55 kg, -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg hamda +90 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun bel olishsa, qizlar -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg va nihoyat +70 kg vaznda oʻzaro bellashadilar.
19-20-dekabr kunlari esa ushbu majmuada kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi (jamoaviy) musobaqalari boʻlib oʻtadi. Kubok musobaqalarida erkaklar -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg hamda +90 kg vazn toifalarida, ayollar esa -48 kg, -57 kg, -70 kg va +70 kg vazn toifalarida gilamga chiqadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring