Buxoroda “Kitobxon avlod” tanlovi oʻtkazilmoqda

14:15 10 Mart 2026 Jamiyat
173 0

Buxoroda “Kitobxon avlod” viloyat hokimi kubogi tanlovi oʻtkazilishi haqidagi xabar yuzlab oʻgʻil – qizlar qatori Gʻijduvon tumanidagi 4 – umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Mohinur Samatovani ham juda qiziqtirib qoʻydi.

-Badiiy asarlarni sevib oʻqiyman,- deydi u.- Mutolaa qilganlarim yuzasidan ota – onam, bobom men bilan suhbat oʻtkazishadi. Ular hamda tengdoshlarim bilan oʻqigan kitoblarimiz boʻyicha bahs – munozara yuritamiz. Tanlovga kelsak, kuni kecha bu tadbirning tuman bosqichida 10 -14 yosh toifasidagi qatnashchilar orasida faxrli 2 – oʻrinni egalladim. Xursandman. Shu bilan bir qatorda hali yana koʻplab kitoblar oʻqishim kerakligini his qildim.

Badiiy kitob Mohinurga oʻxshagan yoshlarimizning bilimiga bilim qoʻshadi, ularning dunyoqarashini boyitadi. Oqu qorani tanishga oʻrgatadi.Hayotdan oʻz oʻrinlarini topib ketishlariga beminnat xizmat koʻrsatadi.Tanlovga kelsak, u 10 – 14, 15 – 19 va 20 – 30 yosh toifasida oʻtkazilayapti.Tadbir shartiga muvofiq, qatnashchilar klassik va zamonaviy adabiyotimiz hamda jahon adabiyoti namoyondalari qalamiga mansub yettitadan asar boʻyicha oʻz zukkoliklarini sinovdan oʻtkazishayapti.Har bir yosh toifasi boʻyicha gʻoliblar tanlovning yakuniy bosqichida bahslashadilar.Gʻolib va sovrindorlarni qimmatbaho sovgʻalar kutmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?