Buxoroda xalqaro sanʼat biennalesiga tayyorgarlik koʻrilmoqda

13:38 18 Fevral 2025 Jamiyat
503 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning kuzida Buxoro shahrining tarixiy qismida xalqaro sanʼat biennalesi oʻtkaziladi. Bunday yirik anjuman nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor tashkil etilayotir.

YUNESKO shafeligida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan mazkur tadbir Birlashgan Arab Amirliklari, Fransiya, Buyuk Britaniya singari davlatlardagi yetakchi sanʼat tashkilotlari vakillarini oʻz atrofiga toʻplagan xalqaro kengash tomonidan boshqariladi.

Shu dalilning oʻziyoq sanʼat biennalesiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish zarurligini koʻrsatadi. Xususan, hududdagi tarixiy obidalarni asrab-avaylash, restavratsiya qilish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri sanaladi. Ayni paytda koʻhna shahardagi Govkushon madrasasi, Xoʻja Kalon, Magʻoki Attori masjidlari, Olimjon, Ayozjon, Fatxullajon karvonsaroylari, Tasviriy sanʼat muzeyi binosi kabi jami 9 ta obyektda restavratsiya, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Yoʻl va yoʻlaklarda maxsus toshli qoplamalar yotqizish chora-tadbirlari koʻrilyapti. Obodonlashtirish, sayyohlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish yumushlari bajarilyapti.

Aytmoqchi, kuni kecha viloyat hokimi BAA va Yaponiyadagi “Waiwai design” arxitektura kompaniyalari asoschisi, Buxoroda oʻtkaziladigan biennale uchun masʼul etib tayinlangan Vayel al Avar hamda sohaning bir guruh mutaxassislari bilan muloqotda boʻldi. Mehmonlar shaharning tarixiy qismida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер