Buxoroda yigit sevgan qizining uyatli rasmlarini tarqatib yubordi
Illyustrativ foto
Buxoro viloyatida yigit sevgan qizining uyatli rasmlarini Telegramʼda tarqatib yubordi. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida yashovchi Y.Sh. Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilib, oʻzining uyatli foto hamda video tasvirlari nomaʼlum shaxs tomonidan Telegramʼda tarqatib yuborganligini aytgan.
Masʼullar tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi R.R. sodir etgani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.R. jabrlanuvchi Y.Sh. bilan maʼlum vaqt ishqiy munosabatda boʻlib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini Telegram orqali qoʻlga kiritib, uning qarindoshlariga tarqatib yuborgan.
Holat yuzasidan R.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 141/3-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring