Buxoroda erkak boʻz echkiemarga nos chektirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida fuqaro Oʻzbekiston Qizil kitobga kiritilgan boʻz echkiemarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi tasvirlangan videolar tarqaldi. Bosh prokuratura voqea yuzasidan maʼlumot berdi.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, tezkor oʻrganish ishlari amalga oshirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 1-iyun kuni Jondor tumani “Yosh Kuch” mahallasida yashovchi fuqaro Gʻ.Gʻ. choʻl hududidagi dala shiyponiga tasodifan kirib qolgan boʻz echkiemarni ushlab, uning ogʻziga tamaki mahsulotini solgan va keyinchalik yaylovga qoʻyib yuborgan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Huquqbuzarga nisbatan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun viloyat IIB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Taʼkidlash joiz, qonunchilikka muvofiq, hayvonlarga, xususan muhofaza ostidagi turlarga nisbatan shafqatsiz muomala qilish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring