Buxoroda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 86,4 foizga yetdi

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro shahridagi 76-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan jajji bolajonlar safi yanada kengaydi. Bu mazkur muassasa uchun 120 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilgani bilan bogʻliq.
Yangi inshootda mashgʻulotlar olib borish xonalari, sport zali, yotoqxonalar joylashgan. Uning qurilishi uchun salkam 3 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Qoʻshimcha bino qurilishi ortidan mazkur tashkilotda 15 ta yangi ish oʻrni ham yuzaga keldi. Muhimi, yon-atrofda yashovchi yosh oilalarning bir tashvishi yengillashdi.
Aytish joizki, 2024-yilda investitsiya dasturi doirasida 1 ta yangi MTT barpo etildi, 8 ta MTTda rekonstruksiya, 1 tasida mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi.
Umuman olganda, viloyatda mulkchilikning turli shaklidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni sezilarli darajada oshdi. Buni ushbu tashkilotlar saʼy-harakati bilan qoʻshimcha 7 683 ta bola oʻrni yaratilgani ham koʻrsatib turibdi. Ayni paytda 2143 ta maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda 3 – 7 yoshli bolajonlarning 86,4 foizi qamrab olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring