Buxoroda bir oilaning toʻrt aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Illyustrativ foto
Buxoro shahrida bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Bildirilishicha, holat kecha, 23-noyabr kuni Buxoro shahrining Hamza koʻchasidagi koʻp qavatli uy xonadonlaridan birida sodir boʻlgan. Oqibatda 43 yoshli erkak, 40 yoshli ayol hamda ularning ikki nafar voyaga yetmagan — 16 va 2 yoshli qiz farzandi vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhumlar nomaʼlum etiologiyadan zaharlanishi oqibatida oʻtkir nafas va yurak-qon tomir faoliyatining yetishmovchiligidan vafot etgani qayd etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Kun.uz'ning xabar berishicha, oila boshligʻi O.E ichki ishlar xodimi boʻlgan. Turmush oʻrtogʻi esa mahalla raisi lavozimida ishlagan. Ularning oʻgʻillari oʻsha kuni buvisining uyiga mehmonga ketgani tufayli tirik qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring