Buxoroda 4,5 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagan sex aniqlandi
Foto: Oʻzenergoinspeksiya
Buxoro shahrida 4,5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qogʻoz ishlab chiqarish sexi aniqlandi. Bu haqda Oʻzenergoinspeksiya xabar berdi.
Qayd etilishicha, inspeksiyaning Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Buxoro shahrida “B.E.” MChJga qarashli qogʻoz ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik ortidan gaz taʼminoti korxonasiga 4 milliard 524 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring