Buxoroda 3 ta avtomobil oʻzarо toʻqnashdi. Qurbonlar bor

Buxoro viloyati Vobkent tumanida 3 ta avtomobil yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Xabarga koʻra, Vobkent tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro M-37 Samarqand–Buxoro Turkmanboshi avtomobil yoʻlining 244-kilometrida “Nexia” avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, “Damas” avtomashining orqasiga borib urilgan. Buning oqibatida “Damas” avtomashinasi kuchli zarb bilan dastlab toʻsiqqa, keyin esa undan oʻtib ketib , qarama-qarshi yoʻnalishda ketayotgan “Isuzu” yuk avtomobilining old tomoniga urilgan.
Voqea oqibatida “Damas” avtomashinasidagi yoʻlovchi ogʻir tan jarohatlari olib, kasalxonada vafot etgan. Yana bir fuqaro esa kasalxonada davolanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring