Buxoroda 20 yoshli talaba oʻz joniga qasd qildi

Buxoro davlat texnika universitetining 2-bosqich talabasi oʻz joniga qasd qilgan. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Uning maʼlum qilishicha, hodisa bugun, 28-aprel kuni soat taxminan 06:20 lar atrofida sodir boʻlgan.
2005-yilda tugʻilgan fuqaro F.D. (2-bosqich talabasi) nomaʼlum sabablarga koʻra Buxoro davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litseyida joylashgan sport zalining tom qismiga chiqib, boʻyin sohasidan oʻzini osib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, marhum Instagramʼdagi sahifasiga 27-28-aprel kunlari 3 marotaba oʻz joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring