Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi
Buxoroda ikki holatda, 20 va 16 nafardan bolani tashigan haydovchilarga chora koʻrildi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan “Damas” rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.
“Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq”, deydi haydovchilardan biri.
Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.
Shuningdek, bu holatlarga befarq boʻlgan tuman MTT xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ham tegishli tashkilotlarga taqdimnoma kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, 12 yoshga toʻlmagan bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida tashish taqiqlanadi. Shuningdek, tashilayotgan yoʻlovchilar soni transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq boʻlmasligi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring