Buxoro tumanida 6-sonli zamonaviy oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida “Gulshanobod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 6-sonli oilaviy poliklinikaning zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Yangi inshoot ushbu hudud aholisi uchun haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi.
Buxoro tumanida joylashgan mazkur shifo maskani endilikda 100 qatnov oʻrniga ega. Uni tubdan yangidan qurish uchun ssuda asosida 2 milliard 900 million soʻm mablagʻ sarflandi. Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi ham sezilarli darajada mustahkamlandi. Bu maqsadda mahalliy byudjetdan 103 million soʻm ajratilib, poliklinikaning tibbiy asbob-uskunalarga boʻlgan ehtiyoji qoplandi.
— Muhimi, endilikda bu maskanda mahallamiz aholisining salomatligini sifatli koʻrikdan oʻtkazish, kasalliklarni erta aniqlash, davolanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, — deydi mehnat faxriysi A. Muhammadov. — Ayniqsa, biz, keksalar davlatimizning chekka qishloq joylarida ham mana shunday qoʻsh qavatli koʻrkam shifo maskanlari barpo etayotganidan xursandmiz. Negaki, endi uzoq yoʻl bosib, tuman markazidagi shifo maskanlariga borishimizga ehtiyoj yoʻq. Bu yerdagi tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasi ham yuqori. Ochigʻi, poliklinikaning shunday zamonaviy binosi va unda yaratilgan shart-sharoitlarni koʻrib, dardingni ham unutasan, kishi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring