Buxoro FVBda ham bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

19:24 21 Aprel 2025 Jamiyat
285 0

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yongʻinlar profilaktikasi boʻlimiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Jabborov Jasur Erkinovich Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yongʻinlar profilaktikasi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

Foto: Buxoro FVB

Tayinlovga qadar podpolkovnik Jabborov Qashqadaryo viloyati boshqarmasi FVB Yongʻinlar profilaktikasi boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, FVB rahbarining tegishli buyrugʻi bilan Ortiqboyev Ravshan Safarboyevich Buxoro viloyati FVB OYOXTTE boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Foto: Buxoro FVB

Bunga qadar mayor Ortiqboyev Sirdaryo viloyati FVB “Sirdaryo IES”AJ OYOXTTE boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Vazir Botir Qudratxoʻjayevning tegishli buyrugʻi bilan Masharipov Shuhrat Rustamovich Qorakoʻl tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Foto: Buxoro FVB

Mazkur tayinlovga qadar podpolkovnik Masharipov Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani FVB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Bundan tashqari, Norov Olim Ismatovich Gʻijduvon tumani FVBga rahbar etib tayinlandi.

Foto: Buxoro FVB

Bunga qadar podpolkovnik Norov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani FVB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Shofirkon tumani FVBga ham yangi rahbar tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Hamroyev Kamoljon Karimovich Shofirkon tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi boʻldi.

Foto: Buxoro FVB

Tayinlovga qadar podpolkovnik Hamroyev Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani FVB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Shu munosabat bilan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati yuqorida nomi qayd etilgan barcha rahbar xodimlarni kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, samimiy tabriklagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер