“BUILD PRO EXPO – 2025” xalqaro koʻrgazmasi ish boshladi
Jomboy tumanidagi “SOF EXPO Samarkand” majmuasida “BUILD PRO EXPO – 2025” — qurilish va pardozlash materiallari, maxsus qurilish uskunalari hamda texnikalarining xalqaro koʻrgazmasi boshlandi.
Ushbu yirik sanoat tadbiri Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlardan yetakchi kompaniyalar, meʼmorlar, loyihachilar, muhandislar hamda investorlardan iborat 100 dan ortiq kompaniya va 7 000 ga yaqin ishtirokchini birlashtirdi.

Koʻrgazmaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, viloyatda qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarga boʻlgan talabni qondirish borasidagi saʼy-harakatlar xususida toʻxtalib oʻtdi.
“SOF EXPO Samarkand” majmuasida mahalliy korxonalardan tashqari Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Belarus, Rossiya, Ozarbayjon kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan tadbirkorlar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Koʻrgazmada qurilish materiallari, muhandislik tizimlari, interyer va eksteryer dizayn, arxitektura, “aqlli” texnologiya va barqaror qurilish mahsulotlari namoyish qilinmoqda.

“BUILD PRO EXPO – 2025” qurilish sanoatidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish, yangi texnologiyalarni joriy etish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning salohiyatini namoyish qilish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari qurilish sohasidagi soʻngi yangiliklar bilan tanishish va yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Mazkur koʻrgazma 5-noyabrga qadar davom etadi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring