Bugungi pandemiya davrida saylov jarayoni qanday oʻtadi?
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazidagi navbatdagi matbuot anjumani saylov jarayonida sanitariya-epidemiologik xavfsizlik va fuqarolar salomatligining himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarga bagʻishlandi.
Unda Markaziy saylov komissiyasi, Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutasaddilari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi davrida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ni tarqalishi xavfini oldini olish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomani oʻz ichiga olgan tegishli qarorni qabul qilgan edi.
Mazkur Yoʻriqnoma 6 ta bob, 39 ta banddan iborat boʻlib, unga muvofiq, asosiy tadbirlar koronavirus kasalligini oldini olishga qaratilgan qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Xususan:
— ijtimoiy masofani saqlash (kamida 2,0 metr), binolarning kirish qismini vizual 2 metrdan belgilash;
— saylovga tashrif buyurganlar va kuzatuvchilarni, shuningdek, barcha ishtirokchining niqob taqish qoidasiga qatʼiy amal qilishi;
— shaxsiy gigiyenaga amal qilish uchun yetarlicha sharoit yaratish (qoʻllarni antiseptiklar yordamida zararsizlantirish), buning uchun barcha saylov uchastkalari va saylov okruglari shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari, yaʼni bir marotabalik tibbiy yuz niqobi (maska), bir marotabalik qoʻlqop hamda qoʻllar uchun dezinfeksiyalovchi antiseptik vositalar bilan taʼminlanadi;
— saylov uchun ajratilgan binolarda muntazam ravishda shamollatish va saylov kunidan oldin dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazish;
— saylovchi hamda saylov komissiyasi aʼzosi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri (kontakt) muloqotni kamaytirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladigan saylov uchastkalarida karantin talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun jami 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi.
Rahim SHERQULOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring