Bugungi kunda «Oʻzdonmahsulot» kompaniyasi tarkibidagi 43 ta don korxonalari yangi bozor sharoitlarida samarali ishlashga tayyormi — Prezident

16:39 11 May 2022 Siyosat
849 0

Foto: president.uz

Prezident huzurida gʻallachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda oʻtgan yilda respublika boʻyicha qariyb 3,5 million tonna un ishlab chiqarilgani, shundan 54 foizi xususiy don korxonalari hissasiga toʻgʻri kelgani koʻrsatib oʻtildi.

«Lekin, bugungi kunda «Oʻzdonmahsulot» kompaniyasi tarkibidagi 43 ta don korxonalari yangi bozor sharoitlarida samarali ishlashga tayyormi? Afsuski, bu savolga javob ijobiy emas.

Shu paytgacha kompaniya tarkibidagi don korxonalari fermerlardan tayyor bugʻdoyni qabul qilib, uni qayta ishlash bilan shugʻullanib kelgan.

Oqibatda, ularning un ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi oʻrtacha 60 foizdan oshmaydi», deya tanqid qildi Prezident.

Davlat don korxonalarining tegirmon xarajatlari xususiy sektorga nisbatan 20-25 foizga yuqori, rentabellik esa 2 baravar kam.

Ishlar samarasiz yoʻlga qoʻyilgani oqibatida «Oʻzdonmahsulot» korxonalarining Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi oldidagi qarzi 1,8 trln soʻmni tashkil etib, shundan 1,1 trln soʻmi umidsiz qarz hisoblanadi.

Eng achinarlisi, davlat don korxonalarida talon-toroj qilish holatlariga haligacha barham berilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?