Bugunga qadar 530 ming nafardan ortiq oʻquvchi 1-sinfga qabul qilindi
Foto: Illustrativ foto
2022-2023 oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari davom etmoqda. Avval xabar berganimizdek, yangi oʻquv yilida respublika umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-sinfiga 700 mingdan ortiq bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 530 ming nafardan ortiq oʻquvchi 1-sinfga qabul qilindi.
Ota-onalarga qulaylik yaratish va qabul jarayonlarini tartibli tashkil etish maqsadida 1-sinfga qabul 2 bosqichda, yaʼni 31-iyulga qadar mahalliy hokimlik qarorlari bilan biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1-avgustdan soʻng esa mikrohududdan tashqari hududlar boʻyicha amalga oshirilishi belgilangan.
Maktabga qabul Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi jami 25 ta shahar va tumanlardagi 816 ta umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari ELEKTRON SHAKLDA (my.maktab.uz) qolgan hududlarda esa belgilangan tartibda ANʼANAVIY SHAKLDA, yaʼni bevosita maktabda amalga oshirilmoqda.
1-sinfga qabul jarayoni bilan bogʻliq ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun Xalq taʼlimi vazirligida Call-markaz tashkil etilgan va unga shu kunga qadar 7 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar mutaxassislar tomonidan oʻrganilib, qisqa muddatlarda hal etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring