Bugundan Toshkentda 75 ming AQSH dollarlik musobaqa boshlanadi
21-30-noyabr kunlari Toshkentda “Prezident kubogi” shaxmat musobaqasi boʻlib oʻtadi. Qayd etish kerakki, mukofot jamgʻarmasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Xabar berilishicha, turnir 2 guruhda oʻtkaziladi:
“A” guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar;
“B” guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar;
Turnirda 10 nafar isteʼdodli shaxmatchilar ishtirok etadi. Ularning oʻrtacha FIDE reytingi 2674.9 boʻlib, bu musobaqaning jahon miqyosidagi ahamiyatini koʻrsatadi.
Turnirning eng yuqori reytingli oʻyinchisi, Nodirbek Abdusattorov, 2777 reyting bilan Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Shuningdek, mezbon sportchilarda Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyevlar, forslardan Parham Magsudlu va Amin Tabatabaei, hindistonlik shaxmatchilar, jumladan Nixal Sarin (2676), Abhimanyu Puranik (2652) va Murali Kartikeyan (2625) va M. Praneshlar qatnashadi.
Qayd etilishicha, musobaqa formati klassik turda, har bir shaxmatchi uchun 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 soniya qoʻshilib boradi.
Bugun birinchi tur soat 14:00 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring