Bugundan toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi (+videoqoʻllanma)

10:33 06 Yanvar 2026 Jamiyat
201 0

Bugun, 6-yanvar kuni toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 6-yanvar kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2026-yilning yanvar iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yil 1-martga qadar davom etadi.

Murojaatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi “pedagog.uzedu.uz” platformasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, malaka toifa sinovlari Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda "Yil oʻqituvchisi" tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi. Shuningdek, mazkur attestatsiyada 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan yoki saqlab qolingan oliy hamda birinchi malaka toifalari uchun keyingi ikki yil davomida 70 foiz ustama toʻlab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?