Bugun ushbu zalda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti komandasi aʼzolari ham qatnashmoqda — Prezident
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Bugun ushbu zalda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti komandasi aʼzolari – vazirlar, idoralar va mahalliy hokimliklar rahbarlari ham qatnashmoqda.
Ularning hammasi, yuqorida taʼkidlanganidek, yuksak malakali mutaxassislar, zamonaviy dunyoqarashga ega, Yangi Oʻzbekiston vakillari boʻlib, ushbu forumga tayyorgarlik doirasida mendan aniq topshiriqlar olishgan.
Bu rahbarlar forumga tashrif buyurgan Siz, hurmatli mehmonlarimiz bilan amaliy va oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish, yangi loyihalarni ishlab chiqish, eng muhimi – investor va tadbirkorlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish uchun muntazam ishlashga tayyor.
Forum doirasida sizlarning eʼtiboringizga Oʻzbekistonda oʻz biznesingizni samarali yuritishingiz uchun mavjud sharoitlar va yangi istiqbollar toʻgʻrisida keng maʼlumot beradigan 30 dan ziyod tadbirlar bilan bir qatorda 200 dan ortiq jozibador loyiha takliflari ham havola etiladi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring