Bugun senator Rustam Xolmurodovning tugʻilgan kuni
Bugun Samarqand davlat universiteti rektori, senator Rustam Xolmurodov tavallud topgan kun.
Rustam Xolmurodov 1949-yil 16-avgustda Samarqand shahrida dunyoga kelgan. 1972-yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tugatgan. U texnika fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyatini 1977-yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida assistent, katta oʻqituvchisi vazifasidan boshlagan. Koʻp yillar taʼlim sohasida faoliyat yuritgan. 2003-2004-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Samarqand davlat universitetida R. Xolmurodov tashabbusi bilan talablardan kelib chiqib 10 dan ortiq yangi taʼlim yoʻnalishlari ochilgan, fakultetlar soni 9 tadan 15 taga yetkazilgan. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribalarini oʻrganish asosida oʻquv reja va fan dasturlari yangidan shakllantirilgan va bunda potensial ish beruvchilarning takliflari ham inobatga olingan.
Rustam Xolmurodov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatida ham samarali faoliyat olib bormoqda.
Rustam Xolmurodov 2017-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring