Bugun quyonchilik ortidan boy boʻlish xayolparastlik emas
Arxiv surat
Quyonchilik haqida gap ketganda beixtiyor atoqli yozuvchimiz Odil Yoqubovning “Baxt qushi” hikoyasi asosida suratga olingan “Ajoyib xayolparast” filmi koʻz oldimizga keladi, shundaymasmi?! “Quyonchi shifokor”ning xayoli va hayoti achchiq kulgi bilan ochib berilgan bu kinokomediya haqida soʻz yuritmoqchi emasmiz bugun. Aytmoqchi boʻlganimiz, quyonchilik bilan shugʻullanish, quyon koʻpaytirish bilan ham boy boʻlish – bu aslo xayolparastlik emasligini endi yaxshi bilamiz. Chunki tadbirkorlikning ayni shu yoʻnalishida qaddini tiklab olayotgan hamyurtlarimiz oz emas.
Xususan, Samarqand viloyatida quyonchilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjaliklar soni 18 ta boʻlib, ularda jami 6 ming 205 bosh quyon parvarishlanyapti.
Masalan, Pastdargʻom tumanidagi “Mirjalol” xususiy korxonasi tomonidan umumiy qiymati 350 million soʻmlik loyiha ishga tushirilib, 600 bosh quyon keltirildi. Shuningdek, “Dargʻom agro velikan” masʼuliyati cheklangan jamiyatida parvarishlanayotgan 1 ming 850 bosh naslli quyonlarni koʻpaytirish saʼy-harakatlari ham besamar ketmayapti. Bulungʻur tumanida esa quyonchilik bilan shugʻullanayotgan ikkita fermer xoʻjaligida 370 bosh zotdor quyon bor.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, quyonning nafaqat goʻshti, terisi, balki uning yogʻi ham ekologik toza mahsulot boʻlib, jahon kosmetologiyasida keng foydalaniladi. Ayniqsa, quyonning terisi va moʻynasini sanoat usulida qayta ishlab, eskport qilish tadbirkorlarga moʻmaygina daromad keltiradi.
Yana bir gap. Samarqand viloyatida quyonchilikni rivojlantirish yuzasidan belgilangan dasturga koʻra, joriy yilda ishga tushiriladigan beshta loyihaga koʻra yana 2 ming 970 bosh naslli quyonlar olib kelish moʻljallanmoqda. Bu yana oʻnlab oilalar barqaror daromad topish imkoniga ega boʻladi deganidir.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring