Bugun Prezident Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga boradi

11:40 15 Oktyabr 2024 Siyosat
338 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, davlat rahbari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish boʻyicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi.

Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 14-oktyabr kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер