Bugun Parijda Ukraina masalasi boʻyicha navbatdagi siyosiy maslahatlashuv boʻlib oʻtadi

14:44 06 Yanvar 2026 Dunyo
216 0

Bugun Fransiya poytaxti Parij shahrida Ukraina masalasi boʻyicha navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 6-yanvar kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Germaniya kansleri Fridrix Mers hamda bir qator davlat va hukumat rahbarlari Fransiya poytaxtida uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar davomida Rossiya–Ukraina urushidagi hozirgi vaziyat, shuningdek, mojaroni hal etish boʻyicha keyingi harakatlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, mazkur uchrashuvda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ham ishtirok etishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?