Bugun “Paxtakor” va “Buxoro” Oʻzbekiston kubogi uchun kuch sinashadi
Bugun, 29-oktyabr kuni Professional futbol ligasi tomonidan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan Oʻzbekiston kubogi musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtadi. Unda “Paxtakor” va “Buxoro” jamoalari turnirning bosh sovrini uchun maydonga chiqadilar. Bugun ushbu turnir haqidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqamiz.
Oʻzbekiston kubogi turniri Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini qabul qilib olgan yildan bir yil oʻtib, oʻtkazilishni boshlagan. Bu yilgacha musobaqa jami hisobda 32-marta tashkil etilgan. Faqatgina 1999-yil maʼlum sabablarga koʻra, turnir oʻtkazilmagan.
Oʻzbekiston kubogi turnirida eng koʻp gʻolib boʻlgan jamoa «Paxtakor« hisoblanadi. 2025-yilgi finalning nominal mezboni shu paytga qadar ushbu turnirda 13-marta bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.
“Bunyodkor” va “Nasaf” klublari hisobida esa 4 tadan chempionlik sovrini bor. “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari esa 3-martadan Oʻzbekiston kubogini boshi uzra yuqoriga koʻtargan.
Shuningdek, “Neftchi” klubida 2 ta, “Doʻstlik”, OKMK va “Andijon” jamoalarida 1 tadan chempionlik sovrini bor.
Bu yilgi finalchi “Buxoro” klubi oʻz tarixida birinchi bor musobaqaning finalida oʻynamoqda.
Musobaqaning dastlabki gʻolibi Namanganning “Navbahor« jamoasi hisoblanadi. «Lochinlar” 1992-yilgi musobaqa finalida Fargʻonaning “Temiryoʻlchi Qoʻqon” klubini penaltilar seriyasiga koʻra magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan.
Turnirning bugungi kungacha soʻnggi gʻolibi esa “Andijon” klubi hisoblanadi. “Burgutlar” 2024-yili Fargʻonada boʻlib oʻtgan musobaqa finalida “Navbahor” jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etib, musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritgan edilar.
Andijon shahri musobaqa finaliga mezbonlik qilayotgan 9-shahar hisoblanadi. Bungacha final bahslari Toshkent, Samarqand, Olmaliq, Fargʻona, Buxoro, Qarshi, Jizzax va Namangan shaharlarida boʻlib oʻtgan edi.
Qoʻshimcha maʼlumot sifatida, bugungi Oʻzbekiston kubogi finali soat 18:30 da start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring