Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi birinchi saylov uchastkasi Toshkent vaqti bilan 04:00 da Yaponiyaning Tokio, Janubiy Koreyaning Seul shaharlarida ochildi
Bugun, 24-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida MSK mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Aytish joizki, Matbuot markazida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari jam boʻlib, muhim siyosiy tadbir haqida keng jamoatchilikka axborot yetkazilmoqda. Matbuot markazida OAV vakillarining faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Anjumanda muddatidan oldin ovoz berish natijalari haqida, saylov uchastkalarida ovoz berish boshlanganligi, milliy, xorijiy, xalqaro kuzatuvchilar turli hududlarga jarayonlarni kuzatayotganligi va saylovda OAV vakillari ishtiroki haqida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi birinchi saylov uchastkasi 24-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 04:00 da Yaponiyaning Tokio, Janubiy Koreyaning Seul shaharlarida ochildi. Oʻzbekiston Prezidenti saylovi esa AQSHning Nyu-York shahrida Toshkent vaqti bilan 25-oktyabr kuni soat 06:00 da yakunlanadi.
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov uchastkalarida saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish sharoiti yaratildi.
2021-yil 14 — 20-oktabr kunlari mamlakatimizda va xorijda tashkil etilgan saylov uchastkalarida 421 618 nafar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etdi. Jumladan, ularning 301 094 nafari Oʻzbekiston hududida ovoz bergan boʻlsa, 120 524 nafar saylovchi xorijdan ovoz berdi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 20-oktabr soat 19.00 da toʻxtatildi.
Saylovni jami 971 nafar xalqaro kuzatuvchi, jumladan yigirmaga yaqin nufuzli xalqaro tashkilotlardan, xususan, YEXHT Parlament Assambleyasi va Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, SHHT, MDH hamda MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Turkiy kengash Parlament Assambleyasi hamda Islom hamkorlik tashkiloti va boshqalar xalqaro tuzilmalardan jami 631 nafar, dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 340 nafar xalqaro kuzatuvchilar bevosita kuzatib boradi.
Shuningdek, saylov jarayonlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida jami 197 ta mahalliy ommaviy axborot vositalarining 1439 nafar vakillari va 140 dan ortiq nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarining 233 nafar jurnalistlari, umumiy hisobda 1672 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
Rahim SHERQULOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring