Bugun Moskva shahrida “Oʻzbekiston — Rossiya" taʼlim forumi ochiladi
Joriy yilning 16 — 17-noyabr kunlari Moskva shahrida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti binosida “Oʻzbekiston — Rossiya taʼlim forumi” boʻlib oʻtadi.
Aytish kerakki, Oʻzbekiston — Rossiya taʼlim forumi ikki mamlakat oʻrtasida taʼlimning barcha bosqichlaridagi hamkorlik masalalari muhokamasi uchun oʻziga xos platforma vazifasini oʻtaydi. Bu yilgi ikkinchi Forum kun tartibiga ilmiy sohada ham hamkorlik masalalari kiritilgan.
Tadbirda ikki tomondan oliy taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim va maktabgacha taʼlim, ilm-fan sohalari uchun masʼul vazirliklar va tashkilotlar vakillari ishtirok etadilar. Rossiya tomonidan tadbirning asosiy tashkilotchilari — Ilm-fan va oliy taʼlim vazirligi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU). Oʻzbekiston tomonidan esa forumga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshchilik qilmoqda.
Forumda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibi mamlakatdagi davlat oliy taʼlim muassasalari va filiallar rektorlaridan iborat.
Ular tarkibida Fargʻona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodir Shermuhammadov ham bor. Bu esa mazkur universitet jamoasi uchun ham manfaatli boʻlmoqda. Chunki oliy taʼlim tizimida amalga oshiriladigan hamkorlik kelishuvlarida Rossiyaning eng nufuzli universitetlari bilan Fargʻona davlat universiteti oʻrtasida memorandumlar tuzish, qoʻshma fakultetlar joriy etish, akademik almashinuvlarga erishish maqsadlari belgilangan.
Tadbirning birinchi kuni yalpi majlis oʻtkazilib, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash, shubalardagi chiqishlar va taʼlim, ilm-fan, kadrlar tayyorlash va rus tilini oʻqitish masalalari boʻyicha muhokamalar jarayoni amalga oshiriladi.
Forumning ikkinchi kunida esa Oʻzbekiston OTMlari rektorlari uchun interaktiv seminar tashkillashtirilib, ular Moskvadagi OTMlarga tashrif buyuradilar.
Ayni daqiqalarda Moskva davlat universitetida forumning ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring