Bugun ikki nafar shaxmatchimiz mukofot jamgʻarmasi 660 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir saralashida ishtirok etadi

13:03 13 Mart 2025 Sport
227 0

7-15-aprel kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turnirining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtadi. Bu haqida “UzChess” xabar beri.

Maʼlum qilinishicha, mazkur turnirda 12 nafar dunyoning eng kuchli shaxmat ustalari ishtirok etishi belgilangan. Bugunga kelib, ularning 11 nafari aniq boʻlib ulgurgan. Yana bir nafar ishtirokchi esa, bugun va ertaga boʻlib oʻtadigan saralash musobaqalarida aniqlanadi. Ushbu saralash bahslarida 16 nafar xalqaro grossmeyster bitta yoʻllanma uchun kurash olib borishadi.

Saralash bosqichining birinchi bahslaridan 4 nafar mahoratli grossmeyster, jumladan, eronlik Muhammad Amin Tabatabai, Vyetnamlik Nguyen Ngok, ozarbayjonlik Rauf Mamedov va hindistonlik Pranesh Muniretinam hal qiluvchi saralash bosqichiga yoʻl olishgan.

Ahamiyatlisi shundaki, ikkinchi bosqichda yagona yoʻllanma uchun kurash olib boruvchi shaxmatchilar orasida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov ham bor.

Qurʼa natijalariga koʻra, Nodirbek Abdusattorov 1/8 finalda birinchi saralash bosqichi gʻolibi hindistonlik Pranesh Muniretinam bilan bahsga kirishadi. Ushbu bahs gʻolibi 1/4 finalda xitoylik Ding Liren hamda hindistonlik Vidit Gujrati uchrashuvi gʻolibiga qarshi dona suradi.

Shuningdek, yana bir yurtdoshimiz Javohir Sindarov esa amerikalik Lener Domingesga qarshi bahsga kirishadi. Sindarov ushbu bahsda gʻalabaga erishsa amerikalik Aronyan hamda eronlik Amin Tabatabayi uchrashuvi gʻolibi bilan bahsga kirishadi.

Taʼkidlash joizki, Abdusattorov hamda Sindarovning oʻzaro bahsi faqatgina yarim finalda boʻlib oʻtishi mumkin.

Maʼlumot uchun, “Freestyle Chess Grand Slam Tour Paris” turnirining mukofot jamgʻarmasi 660 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnir gʻolibi 200 ming AQSH dollariga ega chiqadi. Ikkinchi oʻrin sohibi 140 ming, uchinchi oʻrinni egallagan shaxmatchi esa 100 ming AQSH dollarini qoʻlga kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер