Bugun ayni paytgacha mamlakatimizda 353 nafar bemor sogʻaydi

17:23 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
599 0

2020-yil 3-oktyabr soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 141 (+217) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

— 168 nafari Toshkent shahrida,

— 25 nafari Namangan viloyatida

— 14 nafari Toshkent viloyatida

— 10 nafari Navoiy viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar:

— Toshkent shahrida 224 nafar,

— Toshkent viloyatida 68 nafar,

— Namangan viloyatida 20 nafar,

— Jizzax viloyatida 15 nafar,

— Fargʻona viloyatida 10 nafar,

— Navoiy viloyatida 7 nafar,

— Xorazm viloyatida 5 nafar,

— Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 54 809(+353) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sogʻayish koʻrsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 856 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер