“Bu yakun” — Gʻarbda NATOning parchalanishi eʼlon qilindi

10:32 10 Fevral 2025 Dunyo
167 0

Arxiv foto

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning Yevropa Ittifoqi oʻz xavfsizligi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi kerakligi haqidagi bayonotidan soʻng, NATO oʻz faoliyatini toʻxtatishi mumkin.

Bu fikrni irlandiyalik jurnalist Chey Bouz “X” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida bildirdi.

“Ursula fon der Lyayen shunchaki «Yevropa oʻz xavfsizligi masalalarini oʻz qoʻliga oladi” deb taʼkidladi. Bu NATOning potensial yakunidir, chunki “mudofaa ittifoqi” AQSHsiz butunlay tishsizdir», deydi jurnalist.

Avvalroq Ursula fon der Lyayen Vashingtonning yangi siyosiy yoʻnalishi tufayli Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan kelajakdagi munosabatlardagi noaniqlik haqida gapirib, Yevropa Ittifoqini mudofaa va xavfsizlik masalalarida mustaqilroq boʻlishga chaqirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер