Bu yil Qashqadaryoga 3,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi

Joriy yilda Qashqadaryoga 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Oʻtgan besh oyda Koson, Kitob va Chiroqchida investitsiya qariyb 2 karra oshgani taʼkidlandi.
Shu bilan birga, viloyatdagi 12 ta konga sanoat kirib bormagan. Hozirda qurilish materiallari sohasida 150 million dollarlik 16 ta loyiha tayyorlangan. Mutasaddilarga tegishli konlarni auksionga chiqarish topshirildi.
Kitobdagi 100 gektar maydonda 20 tonna oltin zaxirasi aniqlangan. Tabiatga zarar yetkazmasdan yopiq usulda oltinni qazib olishga 100-150 million dollar pul tikaman, degan talabgorlar koʻp. Ushbu konni ham auksionga chiqarish zarurligi qayd etildi.
Kitobdagi yana 5 ta istiqbolli maydonda 39 tonna oltin, Chiroqchida 10 ming tonna noyob metallar resursi aniqlangan. Bu maydonlarda geologiya ishlarini boshlash topshirildi.
Muborakdagi Gazni qayta ishlash zavodi atrofidagi tayyor infratuzilmasi bor, temir yoʻl oʻtgan 200 gektar maydonda innovatsion sanoat zonasi tashkil etiladi.
Ushbu sanoat zonasida klaster tizimi asosida neft-kimyo, elektrotexnika, robototexnika va qurilish materiallari boʻyicha 5 ta yirik loyihani boshlash vazifasi qoʻyildi.
Viloyat paxta yetishtirish boʻyicha yetakchi boʻlsada, toʻqimachilik sanoatidagi ulushi 10 foizga ham yetmaydi. Hozirda 100 ming tonna ip-kalavaning atigi 28 foizi qayta ishlanadi.
Shu maqsadda Kosondagi 40 gektarda tashkil etilgan yangi texnoparkda 200 million dollarlik 12 ta loyiha qilish rejalashtirilgan. Lekin suv tozalash inshooti va kanalizatsiya yoʻqligi uchun ishlar toʻxtab qolgan. Mutasaddilarga texnopark infratuzilmasi uchun mablagʻ ajratish topshirildi.
Umuman, 400 million dollarlik 35 ta loyihani boshlab, bu yil ip-kalavani qayta ishlashni 51 foizga, kelgusi yili 100 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring